105 million evro! “Liverpul” ikki o‘yinchisini bir jamoaga sotadi

  • 16 iyun, 08:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiy Arne Slotga kerak bo‘lmay qolgan ikki nafar qimmatbaho futbolchidan bir urinishda qutilishga yaqin turibdi.

Tecno

TEAMtalk va La Repubblica kabi nufuzli manbalarning yozishicha, A Seriyada g‘olib chiqqan “Napoli” rahbariyati Angliya chempionlaridan Darvin Nunes va Federiko Kezani sotib olib, jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishga tayyor.

Mersisaydliklar katta maosh oladigan bu ikki futbolchini umumiy hisobda 105 million evro evaziga Italiyaga jo‘natishga rozi ekanini bildirgan. “Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte bu o‘yinchilarga shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.

Federiko Keza “Liverpul”ga bir yil muqaddam katta umidlar bilan kelgan edi. Italiyalik futbolchi Angliya futboliga moslasha olmadi. U bor-yo‘g‘i 14 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga ikkitadan gol va assist yozdirib qo‘ydi.

Urugvaylik Darvin Nunesning esa, samaradorligini Arne Slotni qoniqtirmayapti. Jismonan baquvvat hujumchi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 47 marotaba maydonga tushib, ettitadan gol va assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!