Zidan: "Real"ning Aleks Fergyusoni emasman

  • 10 dekabr, 2020, 13:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jurnalistning o‘zini "Manchester Yunayted"ni boshqargan ser Aleks Fergyusonga taqqoslashi haqidagi savoliga javob berdi.

Tecno

"Albatta, hech qachon "Real"ning Aleks Fergyusoni bo‘la olmayman. Bu erda qancha vaqt qolishimni bilmayman, bu haqida o‘ylayotganim ham yo‘q. Men hozirgi kundalik ishlari haqida bosh qotiryapman", - deydi Zidan.

Fergyuson "Manchester Yunayted"ni 1986-2013 yillar mobaynida boshqargan. U klub bilan 13 karra Angliya chempioniga aylandi, shuningdek EChL unvonini ikki marotaba qo‘lga kiritdi, Angliya Kubogini 5 marta yutdi va Liga Kubogi finalida 3 marotaba g‘olib bo‘ldi.

Zidan "Real"ga 2016-2018 yillarda ustozlik qildi, yarim mavsum tanauffusdan so‘ng, 2019 yilda jamoa boshqaruviga qaytdi. Frantsiyalik mutaxassisning qo‘li ostida madridliklar ikki marotaba Ispaniya chempioniga aylandi va 3 marta EChL unvonini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!