
"Barselona" muxlislari uchun La Liga prezidentidan noxush xabar
La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" klubining transfer faolligi fonida uning moliyaviy ahvoliga izoh berdi. Uning aytishicha, bir necha futbolchi bo‘yicha kelishuvlarga erishilganiga qaramay, kataloniyaliklar hamon yangi o‘yinchilarni rasman ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega emas.
"Barselona" yaqinda "Espanol" darvozaboni Joan Garsiyani 25 million evroga sotib olish bandini faollashtirgan va "Atletik"dan Niko Uilyams bilan og‘zaki kelishuvga erishgan edi. Biroq, Tebas transferlar haqidagi e’lonlar o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bir xil emasligini ta’kidladi.
- Transfer haqida e’lon qilish boshqa, o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazish esa butunlay boshqa narsa. "Barselona" 1:1 qoidasiga mos kelishi uchun me’yorlarga rioya qilish choralarini ko‘rishi shart. Garsiya bilan bog‘liq vaziyat biroz osonroq. Ular buni yaxshi tushunishadi, - dedi La Liga prezidenti ESPNga bergan intervyusida.
Fikrlar