
"Zenit" sobiq yarim ximoyachisi: "Men faoliyatimni Saudiya Arabistonida yakunlamoqchiman"
Rossiyalik futbolchi Daler Kuzyaev faoliyatini Saudiya Arabistoni yoki Qatarda yakunlamoqchi.
"Zenit"ning 31 yoshli sobiq yarim himoyachisi o‘tgan yilning iyul oyidan beri Frantsiyaning "Gavr" jamoasida to‘p surmoqda.
- Faoliyatingizni qaerda yakunlamoqchisiz?
- "Men sizga bir sirni aytaman. Saudiya Arabistonida yoki Qatarda faoliyatimni yakunlamoqchiman. Bu pul masalasida emas, balki dinga bo‘lgan munosabatda. So‘nggi bir yil ichida men dinga ancha yaqin bo‘lib qoldim va endi men o‘zimni shu muhitda topib, musulmon mamlakatida yashash qanday ekanini anglab etishni xohlayotganimni tushundim”, — dedi Kuzyaev.
Fikrlar