“Yuventus”ning yosh futbolchisi vafot etdi

  • 5 sentabr, 2021, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” yoshlar jamoasi futbolchisi Brayan Doden 17 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Tecno

Iste’dodli futbolchi bir necha yildan beri saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan edi.

“Yuventus” matbuot xizmati futbolchining o‘limi munosabati bilan uning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

Brayan 12 yoshligida unda saraton aniqlangan edi. O‘sha paytlar “Yuventus” etakchisi bo‘lgan Pol Pogba “Brayan, men sen bilan”, deb yozilgan futbolka kiyib, uni qo‘llab-quvvatlagan va ruhiy dalda bergandi.   

Uch yildan so‘ng, Brayan futbolga qaytdi va “Yuventus U-15” tarkibiga qo‘shildi. Pogba uning futbolga qaytishi munosabati bilan o‘z futbolkasini sovg‘a qilgandi. Biroq, kasallik qayta rivojlanib, yosh futbolchini hayotdan olib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!