
Shomurodovni Frantsiyaga olib ketishmoqchi edi, biroq...
Eldor Shomurodovga Frantsiyaning "Renn" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "FootMercato" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Loik Dizerining o‘zi hujumchi transferi bo‘yicha Rim klubiga so‘rov yuborgan. Dizeri "Renn" jamoasining sport direktori hisoblanadi.
Biroq, klubi kelishuvda katta yutuqqa erisha olmadi. Bu esa Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi uchun qulay imkoniyat yaratdi. Ular "Roma" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib, futbolchining xizmatlari uchun 7 million evro miqdorida to‘lov taklif qildi. Turkiya manbalariga ko‘ra, bu kelishuvning amalga oshish ehtimoli yuqori.
Fikrlar