Fayzullaevni ham olamiz! Turkiya klubi transfer bo‘yicha muzokaralarni boshladi

  • 20 iyun, 18:09
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi milliy terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodovni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa "Roma" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Istanbul klubi futbolchi bilan 2028 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomani imzolash arafasida.

Tecno

Turkiyalik jurnalist Ertan Suzgunning ma’lum qilishicha, "Istanbul Bashakshehir" klubi yana bir legioner yarim himoyachimiz Abbosbek Fayzullaev transferi bo‘yicha olib borgan muzokaralarda muhim bosqichga erishgan. Futbolchiga necha yillik shartnoma taklif qilinishi hozircha noma’lum.

Avvalroq, aynan Suzgunning o‘zi Turkiya klubining yarim himoyachi transferi bo‘yicha TsSKAga rasmiy taklif bilan chiqqani haqida xabar bergan edi.

Ma’lumot uchun, Fayzullaevning TsSKA bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmiga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali legionerimizni 8 million evroga baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!