
"Yuventus"ning Dibalaga taklif qiladigan yangi shartnoma bandlari ma’lum bo‘ldi
Turinning "Yuventus" klubi argentinalik forvard Paulo Dibala bilan amaldagi kelishuvni qancha muddatga uzaytirish niyatidaligi ma’lum bo‘ldi.
Turinliklar 26 yoshli futbolchi ispan top-klublarining biriga o‘tib ketmasligi uchun, u bilan 2024-yil iyunigacha shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Hujumchi va klub o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022-yil yozigacha amal qiladi.
Ayni damda Dibala bitta mavsum uchun 7 million evro maosh olmoqda, yangi kelishuvda u 10 million evrogacha ko‘tarilishi mumkin.
Fikrlar