“Yuventus”ga Shomurodov kerakmi? Pirlo yangi hujumchilar haqida gapirdi

  • 25 yanvar, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya matbuoti mamlakatning amaldagi chempioni “Yuventus” hujumchi qidirayotgani haqida yozmoqda. Xususan, turinliklar o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani to‘g‘risidagi xabarlar ham tarqatilmoqda.

“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo jurnalistlar bilan suhbatda bu masalaga oydinlik kiritdi.

- Hozircha, “Yuventus”ga yangi hujumchi kerak emas. Vaziyat nazoratimizda va ayni paytda yangi hujumchi xarid qilish rejamizda yo‘q. Paulo Dibala jarohatdan tiklanmoqda. Uning salomatligini nazoratda ushlab turibmiz, - dedi Andrea Pirlo.

“Yuventus” joriy mavsumda A Seriya o‘yinlarida 18 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 37 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Doniyor Kuldoshov
26/01/2021 12:32
Элдор ўзингни кўрсат, Сен орқали Ўзбекистон футболини томоша қилишади...

Йўқса Ўзбекистонда Футбол ўлган деб ўйлашади.