
Bugun Superligada 3 ta o‘yin bor. Mutaxassis jamoalarning imkoniyatini qanday baholayapti?
Superliganing 8-turi o‘zgacha boshlandi, shunday emasmi? Kecha “Xorazm” – “Nasaf” hamda “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari bellashuvlariga guvoh bo‘ldik.
Ikki etakchining ochko yo‘qotishi qaysidir ma’noda ajablanarlidek tuyuldi. “Nasaf” Jizzaxda “Xorazm”ni mag‘lub eta olmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldilar. “Bunyodkor” bo‘lsa, o‘z uyida qo‘qonliklarga qo‘shib berilgan oxirgi daqiqada darvozabonning kutilmagan xatosidan foydalanib g‘alabani ilib ketdi. Holbuki, Ilyos Zeytullaev jamoasi 80-daqiqadan keyin ham 1:0 hisobida oldindan borayotgandi. Biroq futbol shunisi bilan qiziqki, unda kutilmagan vaziyatlar ro‘y berib turadi.
Bugun rejaga ko‘ra uchta o‘yin o‘tkaziladi. “Buxoro” – “Mash’al”, “OKMK” – “Andijon” hamda “Qizilqum” – “Navbahor” o‘rtasidagi o‘yinlarga shubhasiz qiziqish yuqori.
Har bir juftlikning o‘ziga yarasha keskinlik ruhida o‘tadigan sabablari bor. Shu bois har bir uchrashuv bizga juda qiziq bellashuvlarni taqdim etsa ajab emas.
Taniqli mutaxassislardan biri Jasur Abduraimov esa bugungi uchta o‘yin oldidan jamoalarning imkoniyatlarini chamaladi.
3 may
18:00. “Buxoro” – “Mash’al”
“Buxoro” qiyin vaziyatda. “Mash’al” ham chakki emas. Ammo, mening o‘ylashimcha, ushbu bahsda “Buxoro” yutishi kerak”.
19:30. OKMK – “Andijon”
“Bu qiyin masala. Kim qamroq xato qilsa o‘sha jamoa maqsadiga erishadi. OKMK o‘z uyida faqat g‘alaba uchun kurashadi. Ammo “Andijon”ga ham g‘alaba kerak. Ular ketma-ket bir nechta uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lishdi. Shu bois “Andijon”da ham boshqa varianti yo‘q, g‘alaba zarur”.
20:15. “Surxon” – “Paxtakor”
“Hozircha “Paxtakor” ham o‘z o‘yinini topa olmayapti. Yaxshi o‘yin bo‘ladi”.
Fikrlar