
"Yuventus"da non topolmagan Raboni sobiq ustozi Angliyaga chorlamoqda
"Yuventus"da o‘z o‘rnini topolmagan yarim himoyachi Adrien Rabo faoliyatini Angliya klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli frantsuz futbolchisini "Everton"ga chorlashmoqda. Uning o‘zi ham PSJdagi sobiq ustozi Karlo Anchelotti qo‘l ostida to‘p surishga tayyor. E’tiborlisi, italiyalik mutaxassisning shaxsan o‘zi rahbariyatdan Raboni sotib olishni so‘ragan.
Rabo “Yuventus” safiga bundan bir yil muqaddam erkin agent sifatida PSJdan ko‘chib o‘tgan edi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar