Husanov o‘ynagan uchrashuvda superrekord o‘rnatildi

  • 17 avgust, 17:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining aksariyati muxlislik qilayotgan “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini muvaffaqiyatli boshlab oldi.

Tecno

Xosep Gvardiola shogirdlari birinchi turda “Vulverxempton” mehmoni bo‘lib, “bo‘rilar” darvozasini javobsiz to‘rt marotaba ishg‘ol qildi. Abduqodir Husanov shu kuni 83-daqiqada maydonga tushib, “shaharliklar”ga darvoza daxlsizligini saqlab qolishga yordam berdi.

“Vulverxempton” va “Manchester Siti” uchrashuvida ayrim e’tiborga molik ko‘rsatkichlar va rekordlar qayd etildi. Sports.uz portali o‘yinga oid qiziqarli ma’lumotlarni muxlislar e’tiboriga havola etadi.

Xoland – tarixiy rekord o‘rnatdi

“Manchester Siti”ning norvegiyalik legioneri Erling Xoland “Vulverxempton” bilan uchrashuvda raqib darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, 4:0 hisobidagi g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.

Xolandning birinchi goli 25 yoshli hujumchi uchun “Manchester Siti” tarkibiga qo‘shilganidan beri kiritgan 125-to‘p sifatida qayd etildi. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun Erling “shaharliklar” safida 147 ta uchrashuvda ishtirok etishi kifoya qildi.

Avvalgi rekord klub afsonasi Serxio Agueroga tegishli bo‘lib, argentinalik yulduz 125 ta golni jami 189 ta uchrashuvda kiritgan edi.

Ilgari Norvegiya, Avstriya va Germaniya chempionatlarida o‘ynagan Erling Xoland “Manchester Siti”2022 yili olib kelingan edi. Ayni paytda uning manchesterliklar safidagi statistikasi 147 ta uchrashuvda 126 ta gol va 21 ta assistni ko‘rsatmoqda.

Xoland har mavsumning ilk uchrashuvida shu ishni uddalayapti

Erling Xoland Angliya Premer-ligasining birinchi turida “Vulverxempton” darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, jamoasining 4:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shish barobarida to‘purarlik ko‘rsatkichlarini ham yaxshilab bormoqda.

Manchesterliklar Xolandni 2022 yilning yozida “Borussiya Dortmund”dan 60 million evroga transfer qilgan edi.

Norvegiyalik futbolchi “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan beri har mavsum birinchi turda gol uryapti. Xususan, Xoland Angliya chempionatidagi birinchi uchrashuvini 2022 yili o‘tkazgan va “Vest Xem” maydonidagi bahsda mezbonlar darvozasiga ikkita to‘p kiritgan.

Bir yildan keyin Erling “Byornli” mezbonlik qilgan ilk turda ham shu jamoa darvozabonini ikki bor ojiz qoldirdi.  

O‘tgan mavsumning ochilish o‘yinida Xosep Gvardiola shogirdlari “Chelsi” uyidan g‘alaba bilan qaytdi va shu bahsda ham hisobni Xoland ochdi.

Mana “Vulverxempton” bilan uchrashuvda ikkita gol urgan Xoland qatorasiga to‘rt yildan beri birinchi turda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ymoqda. Qiziq tomoni, shulardan uchtasida norvegiyalik to‘purar dubl qayd etgan.

Reynders ilk uchrashuvda nomini tarixga yozdi

“Manchester Siti”ning yangi o‘yinchilaridan Tijani Reynders Angliya Premer-ligasidagi debyut uchrashuvidayoq o‘z nomini futbol tarixiga yozdirib qo‘ydi.

Niderlandiyalik yarim himoyachi “Vulverxepmton” bilan bo‘lgan bahsda bittadan gol va assist bilan 4:0 hisobidagi g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.

27 yoshli markaziy yarim himoyachi shu paytgacha “Manchester Siti” tarixida faqat bir o‘yinchi erishgan natijani takrorladi.

Gap shundaki, shu paytga qadar faqat argentinalik sobiq hujumchi Serxio Aguero klub tarixida debyut uchrashuvida ham gol urgan, ham samarali pas uzatgan yagona futbolchi hisoblanardi. Agueroning bu ko‘rsatkichni 2011 yili qayd etgan.

Mana oradan 14 yil o‘tib, Tijani Reynders APLdagi faoliyatida gol va assist bilan boshladi.

“Manchester Siti” ikkinchi turni 23 avgust kuni o‘z maydonida o‘tkazadi. Xosep Gvardiola shogirdlari navbatdagi uchrashuvda kuchli raqib – “Tottenxem” bilan kuch sinashadi.

 

Husanov o‘ynagan uchrashuvda Gvardiola nimalar yoqmaganini aytdi!

Husanov, “Siti”dan yana kimlar ketyapti?
Husanov va jamoadoshlariga xushxabar!

Pul bo‘lmasa, Fayzullaev o‘ynamaydi!

Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi

Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!

Husanovning joyi o‘zgaradi

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!