
"Abu-Dhabi Chess Festival": Hamyurtlarimiz turnirda qanday ishtirok etmoqda?
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida shaxmat bo‘yicha "31- Abu Dhabi International Chess Festival" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Turnir shveytsarcha tizimda 9 raunddan iborat bo‘lib, ishtirokchilarga 90 daqiqa va birinchi yurishdan boshlab, 30 soniyadan vaqt nazorati belgilanadi. Tashkiliy qo‘mita o‘yinchilarni besh yulduzli mehmonxonada bepul joylashtirishni ta’minlaydi. Turnir "Masters", Online Masters", "Open A", "Open B", "Ladies Blitz U16", "Academy Seniors 50+", "Family Teams", "Community teams Corporate" kabi bo‘limlarga bo‘lingan shaklda o‘tmoqda.
Musobaqaning umumiy sovrin jag‘armasi 500,000 dirhamni ni tashkil qiladi. Bu yilgi festival o‘z tarixidagi eng ko‘p ishtirokchiga ega bo‘lib, unda 82 mamlakatdan 3000 dan ortiq o‘yinchi qatnashmoqja. Avvalgi birinchilikda 2,500 dan ortiq shaxmatchi qatnashgandi.
O‘zbekistonlik shaxmatchilardan Abdulazizov Asilbek, Abdulazizov Asadbek, Abdulazizova Asmira, Abdulazizova Asmina, Jumaev Bekzod, Abduqayumov Alisher, Ikrom Haliov, Hasan Akramov, Bobomurodova Maftuna, Abdulaziz Qurbonov Behruz Qudratov, Rauf Qosimov va Mansurova Mumtozbegim kabilar qatnashmoqda.
"Masters" guruhida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz:
85-o‘rin. Saydaliev Akobirxon - 1 ochko;
128-o‘rin. Tohirjonova Gulruhbegim - 1 ochko;
"Open A" guruhida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz:
13-o‘rin. Rauf Qosimov - 2 ochko;
22-o‘rin. Akromov Hasan - 2 ochko;
41-o‘rin. Abdulaziz Qurbonov - 1,5 ochko;
46-o‘rin. Behruz Qudratov - 1,5 ochko;
53-o‘rin. Bekzod Jumaev - 1,5 ochko;
73-o‘rin. Aram Kasparov - 1 ochko;
84-o‘rin. Shahnoza Sobirova - 1 ochko;
94-o‘rin. Mumtozbegim Mansurova - 1 ochko;
118-o‘rin. Ikromjon Halilov - 1 ochko;
119-o‘rin. Alisher Abduqayumov - 1 ochko;
136-o‘rin. Olimova Ruqiya - 1 ochko;
"Open B" guruhida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz:
60-o‘rin. Abdurasulov Muzaffarjon - 2 ochko;
68-o‘rin. Abdulazizova Asmiraxon - 2 ochko (+11,6 reyting ball).
"Juniors" guruhidagi ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz:
6-o‘rin. Abdurasulov Muzaffarjon - 2 ochko;
8-o‘rin. Abdulazizov Asadbek - 2 ochko (+32,8 reyting ball);
40-o‘rin. Murtazoev Komiljon - 2 ochko;
81-o‘rin. Davrojon Javlonxon - 1,5 ochko;
110-o‘rin. Abdukarimov Azizjon - 1 ochko;
122-o‘rin. Ibragimov Muhammadali - 1 ochko;
131-o‘rin. Abdulazizova Asmina - 1 ochko;
142-o‘rin. Alisher Ashrapov - 1 ochko;
147-o‘rin. Ahmadjonov Shahzod - 1 ochko;
Fikrlar