
"Yuventus"da EChL oldidan jiddiy yo‘qotish bor
"Yuventus" futbolchilari Daniele Rugani va Paulo Dibala jarohat olib, safdan chiqdi. Ular kamida 1 hafta maydonga tusha olmasligi aytilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, turinliklarning ikki vakili mushaklarini shikastlab olgan. Shu tariqa, mazkur charm to‘p ustalari chempionlar ligasidan o‘rin olgan "Vilyarreal" va A Seriya doirasidagi "Empoli"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Dibala "Torino" bilan o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgan bo‘lsa, Rugani mashg‘ulotlar paytida safdan chiqdi.
Fikrlar