
"Yuventus" yosh hujumchini olib kelmoqchi
"Boka Xuniors" forvardi Yan Urtado faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
20 yoshli futbolchining agenti Rodolfo Bake Radio La Red nashriga bergan intervyusida Turin klubi qiziqish bildirganini aytib o‘tdi, ammo futbolchining o‘zi "Boka"da qolishni istayotganini ham qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Urtado Argentina chempionatining 2019/20 yilgi mavsumida 14 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urishga erishgan.
Fikrlar