Shomurodovning transferini kim hal qiladi?

  • 19 iyun, 09:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum Eldor Shomurodov uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Chempionat boshidayoq, “Roma”ni tark etishi kutilgan legionerimiz rimliklarning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Daniele de Rossi iltimosiga ko‘ra, jamoada qoldi va zaxira o‘yinchisi vazifasini bajarishga ko‘ndi.

Tecno

Keyinchalik Daniele de Rossi o‘rnini egallagan Ivan Yurich Eldorga umuman e’tibor qaratgani yo‘q. Bu murabbiy qisqa fursatda o‘z o‘rnini Klaudio Raneriga bo‘shatib berdi. Shomurodovning imkoniyatlarini yaxshi biladigan italiyalik mutaxassis qishki transferlar davrida o‘zbekistonlik shogirdini “Venetsiya”ga o‘tishi yo‘l qo‘ymadi, unga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon yaratib berdi.

Bunday e’tibor va taqdim etilgan imkoniyatlar samarasida Eldor Shomurodovning mavsumning hal qiluvchi pallasida jamoasining muhim o‘yinchisiga aylandi. Hamyurtimizning ahamiyati yuqori bo‘lgan bellashuvlardagi o‘yini, gollari va assistlari “Roma”ga chempionatni beshinchi o‘rinda yakunlashini ta’minladi.

Shunga qaramay, “Roma” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, jamoa boshqaruvi Jan Pero Gasperiniga o‘tdi. Bu mutaxassis o‘ziga kerakli futbolchilarni olish maqsadida transferlarga e’tibor qaratmoqda. Hatto sport direktori Floran Gisolfi ham o‘rnini boshqa mutaxassisga bo‘shatib berdi.

“Roma”da kutilayotgan yangilanishlar borasida gap ketganidan mavzu Eldor Shomurodovga ham taqalyapti. Avvaliga, o‘zbek futbolchisiga AQSh klublari qziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Keyinchalik Gisolfi Eldor Shomurodovni “Jenoa”ga joylashga urinayotgani aytildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan “Bashakshehir” o‘zbek futbolchi bilan muzokara boshlagani haqida ma’lumotlar chiqmoqda.

Italiya  manbalari bu mavzuni diqqat bilan kuzatmoqda.

Sports.uz portali Shomurodov haqida e’lon qilinayotgan ma’lumotlarni o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola etadi.

SIAMOLAROMA.IT:

Eldor Shomurodov tez orada Rimni to‘liq tark etishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Yag‘iz Sabunchuo‘g‘li “Bashakshehir” o‘zbek hujumchisi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri uchashuv o‘tkazgan. Istanbulliklar Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tomonlarning dastlabki uchrashuvi ijobiy o‘tgan va yaqin haftalar ichida transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralar boshlanishi kutilyapti.

Agar turkiyaliklarning taklifi “Roma” rahbariyatini qoniqtiradigan bo‘lsa, klub o‘zbekistonlik legionerning ketishiga qarshilik qilmaydi.

O‘z davrida “Jenoa”, “Spetsiya” va “Kalyari”da ham to‘p tepgan “Roma” hujumchisi faoliyatida yangi sarguzashtlar boshlanishi ehtimoli oshib bormoqda. 

ROMAFOREVER.IT:

So‘nggi kunlarda “Roma” ichida o‘zgarishlar bo‘ldi. Klubning transfer siyosatini yuritadigan Floran Gisolfi sport direktori lavozimini Riki Massaraga bo‘shatib berdi.

Massare yangi ish joyida bir necha yo‘nalishda juda katta hajmdagi ishlarni yakuniga etkazishiga to‘g‘ri keladi. Eng avvalo, bu mutaxassis jamoa uchun zarur bo‘lgan o‘yinchilar bilan yangi bitim tuzishi, shuningdek, kirish va chiqish transferlarini klub manfaatiga mos tarzda olib borishi talab etiladi.

Trigoriyadan ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilardan biri Eldor Shomurodov ekani aytilmoqda. O‘zbek hujumchisi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini yorqin darajada o‘tkazganiga qaramay, jan Pero Gasperinining uzoq kelajak uchun rejalariga kiritilmaganga o‘xshaydi.

Turkiya Superligasi vakili “Bashakshehir” O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisiga jiddiy tarzda qiziqib qolgan va kelasi mavsumda uning xizmatlaridan foydalanishga bel bog‘lagan.

Tomonlar hamkorlik bo‘yicha dastlabki qadamlarni tashlab bo‘ldi. Yaqin haftalar ichida bu hamkorlik aniq muzokaralar darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Turk klubi ayni paytda hujumchi atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda. “Roma” esa, munosib taklif tushsa, o‘yinchini to‘liq qo‘yib yuborishga tayyor.

Italiyaga kelganidan beri “Jenoa”, “Spetsiya”, “Kalyari” va “Roma”da o‘ynagan Eldor Shomurodov endi o‘z faoliyatida burilish yasash va o‘zgarish qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.

VOCEGIALLOROSSA.IT:

Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilardan biri. Klaudio Raneri qo‘l ostida o‘zbek hujumchisi faoliyatini qayta tiklab oldi. Mavsumning muhim pallasida gol va assistlari bilan jamoaga foyda keltirib, “Roma”ning Evropa ligasiga yo‘llanma olishiga hissa qo‘shdi.

Shomurodov yakunlangan mavsumda jami 37 ta o‘yin o‘tkazdi. Shulardan 27 tasi A Seriya, 8 tasi Evropa ligasi va ikkitasi Italiya kubogiga to‘g‘ri keldi. Umumiy hisobda 1465 daqiqa maydonda harakat qilib, o‘zi qatnashgan har bir turnirda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mavsum davomida ettita gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.

Endi o‘zbek hujumchisi poytaxtni tark etib, Turkiya chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda.   Eldor Shomurodovni tarkibiga qo‘shib olishga urinayotgan  “Bashakshehir” o‘yinchining agentlari bilan aloqa o‘rnatgan.

SPORTMEDIASET.MEDIASET.IT:

Eldor Shomurodov yozgi transferlar davrida “Roma” bilan xayrlashishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatida. Turkiyadan tarqatilayotgan xabarlarga ko‘ra, Istanbulning “Bashakshehir” klubi o‘zbek hujumchisini olish uchun aniq harakatlarni amalga oshiryapti.

Biroq bu masalani hal qilishda, yakuniy so‘zni “Roma” sport direktorligiga kirishayotgan Riki Massaraning o‘zi aytadi.   

Shomurodovdan syurpriz!

 

Shomurodov “bomba” transfer bo‘ladi! Evropaning mashhur ligasida Eldorni kutishyapti
O‘tkir Yusupovning bu “ishi”ni hech kim unutmaydi!

Fayzullaevni jamoaga olishni istashmagandi...

Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!