
"Yuventus" va Dibala o‘zaro kelisha olmayapti
"Yuventus" safida 3 yildan buyon asosiy tarkibdagi o‘rnini boshqalarga berib qo‘yayotgan Paulo Dibala jamoa bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
"Keksa senora" va agrentinalik futbolchining agenti o‘zaro muzokaralarni boshlab yuborgan. Klub futbolchiga 8 million evro va 2 million bonus taklif etmoqda.
"Tuttosport" nashri xabariga ko‘ra, Dibala bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda, 12 million evro maosh talab qilyapti. "Yuve" unga 3 yillik shartnoma taklif etayotgan bo‘lsa, Paulo 5 yillik bitimga imzo chekmoqchi.
O‘tgan mavsum argentinalik futbolchi 26 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar