"Yuventus" va "Arsenal" qishda o‘zaro futbolchi almashishlari mumkin

  • 4 dekabr, 2019, 13:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Arsenal" bilan o‘zaro futbolchi almashtirish rejasini o‘ylab ko‘rmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra londonliklar “keksa sinora” himoyachisi Merix Demiralga jiddiy qiziqish bildira boshlashgan. Buning evaziga “kanonirlar” Turin super klubiga ispaniyalik futbolchisi Ektor Belerinni berishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, har ikkala futbolchi ham ayni damda o‘z jamoasida asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmaydi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli Demirel joriy mavsum “Yuventus” safida bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. 24 yoshli Belerin esa 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!