"Yuventus" Pogbani sotib olish uchun Adidas'dan ko‘mak so‘ramoqda

  • 26 iyun, 2019, 15:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi hamon "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani sotib olish borasida ishlarni davom ettirmoqda.

Tecno

Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha “keksa sinora” 26 yoshli frantsiyalik futbolchini sotib olish masalasida Adidas kompaniyasidan ko‘mak so‘ramoqda. O‘z navbatida turinliklarning texnik hamkori hisoblangan nemis kompaniyasi ham Pogbani “Yuve”ga qaytarishga qiziqish bildirmoqda.

E’tiborlisi, Pogba uchun “Real” Madrid ham da’vogarlik qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, “qirollik klubi” ham Adidas bilan hamkorlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!