
Nodirbek Abdusattorov "Saint Louis rapid and blitz 2025" turnirini nechanchi o‘rinda yakunlab, qancha pul mukofoti oldi?
Aronian turnir yakunlanishiga 3 tur qolganda chempionlikni rasmiylashtirdi va o‘zining oxirgi oylarda ko‘rsatayotgan fantastik natijalari sonini yana bittaga ko‘paytirdi.
Fabiano Karuana rapidda 1-o‘rinni egallaganiga qaramasdan, blits bahslarida 18 turdan bor yo‘gi 7.5 ochko to‘pladi (blitsda 8-o‘rin) va umumiy jadvalda 2-o‘rinni egalladi.
Maksim Vashe-Lagrav Nodirbekni 0.5 ochko ortda qoldirib 3-o‘rinni band etdi.
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov musobaqa rapid qismida o‘rtacha natija ko‘rsatgan bo‘lsada(7-o‘rin), blits bahslarida 18 turdan 11.5 ochko to‘plab (1-o‘rin) umumiy turnir jadvalida 4-pog‘onadan joy egalladi!
Mukofot jamg‘armasi taqsimoti:
Levon Aronian — 40 000$
Fabiano Karuana — 30 000$
Maksim Vashe-Lagrav — 25 000$
Nodirbek Abdusattorov — 20 000$
Uesli So — 15 000$
Liem Le — 11 000$
Gukesh Dommaraju — 10 000$
Leinier Dominguez Perez — 9 000$
Grigoriy Oparin — 8 000$
Sam Shankland — 7 500$
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek 19 avgust kuni boshlanadigan "Sinquefield Cup 2025" turnirida ishtirok etadi!
Fikrlar