Husanov, “Siti”dan yana kimlar ketyapti?

  • 16 avgust, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada yozgi transferlar oynasi yopilishiga ikki hafta vaqt qoldi. Odatda, shu kunlarda klublar o‘z savdolarini tezroq yakunlashga harakat qilgani bois, transfer bozori yana qaynaydi.

Tecno

Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Manchester Siti” ham yozgi transferlar davrini ancha faol o‘tkazdi. Yoshi o‘tib qolgan Skott Karson, Kevin de Bryuyne, Kayl Uoker klubni tark etdi.

Gvardiola boshqaruvidagi murabbiylar shtabi rejasiga kiritilmagan Vitor Reys “Jirona”ga, Maks Alleyn “Uotford”ga, Jek Grilish “Everton”ga ijaraga yuborildi.   

Aslida yozgi transferlar oynasi ochilgan pallada Abduqodir Husanov ham boshqa klublarga ijaraga yuborilishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Biroq Xosep Gvardiola 21 yoshli o‘zbek futbolchisini jamoada olib qolib, yangi mavsumda unga imkon berishga qaror qildi.

Angliya Premer-ligasi start olgan bo‘lsa-da, transfer bozori hali ochiq va “Manchester Siti”dan yana bir necha ijrochilar ketishi kutilyapti. Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga “shaharliklar”ning chiqish transferlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.

Gvardiola: O‘yinchimiz kerak bo‘lsa, klubga murojaat qiling!

Angliya Premer-ligasining bir necha klublari “Manchester Siti”da o‘zini ko‘rsagan o‘yinchilarni ijaraga olish va to‘liq transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bosh murabbiy  Xosep Gvardiola ixcham tarkib bilan ishlashni va jamoadagi o‘yinchilarning bariga o‘yin amaliyoti berishni istayapti.

Ispaniyalik mutaxassis “Tottenxem”ning Savioga qiziqayotganiga o‘z munosabatini bildirdi. London klubi braziliyalik futbolchi ikki marta murojaat qilib, 40 va 70 million evro miqdorida badal puli taklif qilgandi.

- Transfer oynasi oxirigacha sizlar bilan yana uch-to‘rtta matbuot anjumanida ko‘rishamiz. Mendan Savio transferi haqidagi savolni yana qachon so‘rashlarini bilmayman.

Shundan kelib chiqib, aytishim mumkinki, “Tottenxem” yoki istalgan boshqa jamoaga bizning o‘yinchilar kerak bo‘lsa, marhamat qilib, klubga murojaat qilishsin. Shaxsan o‘zim, Savio biz bilan mavsum oxirigacha yoki undan ham ko‘proq qolishini istayman.

Endigina 21 yoshga to‘lgan bu futbolchining salohiyati katta, maydonda ko‘p vaqt o‘tkazyapti. Faqat u murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini yanada rivojlantirishi talab etiladi.

Transferlar masalasida o‘yinchining istagi hamma narsadan ustun turadi. Keyingi bosqichda xaridor klub bilan kelishishi kerak, yo‘qsa, o‘yinchi jamoada qoladi, - dedi Xosep Gvardiola.

“Siti” Husanovning raqobatchisi uchun katta summa so‘radi

Yozgi transferlar oynasi yopilgunicha “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar qatoriga Riko Lyuis ham qo‘shildi.

Bu futbolchi yangi mavsumda o‘ng qanot himoyasidan o‘rin olishi kutilmoqda. Buning uchun u Matues Nunes va Abduqodir Husanov bilan raqobatlashishi talab etiladi.

“Nottingem Forest” esa, shu kunlarda Riko Lyuisni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. “O‘rmonchilar” 20 yoshli futbolchini transferga ko‘ndirish uchun “Manchester Siti”da olayotganidan ikki baravar ko‘p maosh berishni va’da qildi.

“Manchester Siti” o‘yinchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Biroq “Nottingem Forest” birinchi urinishda taklif qilgan summa manchesterliklar yoqmadi. “O‘rmonchilar” Lyuis transferi uchun 25 million evro badal puli va besh million evro bonus berilishini ta’kidladi.

Jurnalist Santi Aunaning aniqlashicha, “Manchester Siti” rahbariyati Lyuis transferini 40 million evroga baholamoqda va bundan past summaga o‘yinchini qo‘yib yubormaydi.

O‘tgan mavsum iqtidorli himoyachi barcha turnirlar doirasida 44 ta uchrashuvda ishtirok etib,  himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, ikkita gol va beshta assistga mualliflik qilgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan.

Husanov va jamoadoshlariga xushxabar!

Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi

Pul bo‘lmasa, Fayzullaev o‘ynamaydi!
Shomurodov kutganimizdan ham zo‘r bo‘lib chiqdi! “Bashakshehir” ustozi o‘zbek legionerlari haqida yana nimalar dedi?
Husanov ortida dunyoning eng zo‘r darvozaboni turagan bo‘ldi!

Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!

Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
16/08/2025 23:12
Абдукодир ситидан кетмаса, захирада коб кетади.
она йигламаса, бола сут бермайди.
Хусанов "качон тушаман?" демаса, захирада формасини йукотади