
Odilxon Kamolov va Dilshod Madaliev jangi 1-raunddayoq o‘z nihoyasiga etdi!
Ayni paytda Qozog‘istonning Konaev shahrida "Octagon 77" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, oqshomning asosiy kardida ikki MMA jangchimiz - Odilxon Kamolov va Dilshod Madaliev o‘zaro oktagonga ko‘tarildi.
Ko‘pchilik kutgan bahs 1-raunddayoq yakunlandi. Kamolov raqibga oyoq zarbasini yo‘llaganidan so‘ng, Madaliev jangni davom ettira olmadi. Shu tariqa Odilxon texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, ushbu kechaning markaziy to‘qnashuvi qozog‘istonlik Erkabulan Toktar va Eron vakili Farzad Ghaderi o‘rtasida o‘tkaziladi.
Fikrlar