
"Yuventus" Pogbani qo‘lga kiritish uchun 5 nafar futbolchisini sotmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani sotib olish uchun 5 nafar futbolchisini sotib yuborishi mumkin.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora”ning bu boradagi “qora ro‘yxati”dan darvozabon Mattia Perin, himoyachi Joau Kanselu, vingerlar Duglas Kosta va Xuan Kuadrado hamda hujumchi Mario Manjukichlar joy olgan.
Ta’kidlash kerakki, “Yuventus” bu ishga nafaqat Pogbani sotib olish uchun, balki, UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun ham qo‘l urishga majbur.
Eslatib o‘tamiz, MYu Pogbani 2016 yil aynan “Yuventus”dan 105 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Fikrlar