"Yuventus" hujumchisini "Everton"ga sotishni xohlamadi

  • 9 iyul, 2019, 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Everton" klubi "Yuventus" forvardi Moyse Kinni sotib olishga urunib ko‘rdi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 19 yoshli italiyalik futbolchi borasida “irischilar”dan kelgan 30 millionn evrolik taklifni rad etdi. Turinliklar APL klubining narxni yanada oshirishini kutishmoqda.

Ma’lumot uchun, Kin o‘tgan mavsum 17ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning transferi 40 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!