
"Yuventus" himoyachisi A Seriyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin
"Jenoa" rahbariyati "Yuventus" himoyachisi Luka Pellegrinini ijaraga olish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda jurnalist Janluki Di Martsio o‘z saytida xabar tarqatdi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, genuyaliklar 21 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Agar bu sodir bo‘lsa, turinliklar Mattia De Shiloni tarkibda olib qoladi.
Pellegrini 2019 yildan buyon “Yuventus” futbolchisi hisoblanadi. Ammo u o‘tgan mavsumni “Kalyari” safida ijarada o‘tkazdi va A Seriyaning 36 ta bahsida maydonga tushib, 7 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar