
"Yuventus" futbolchisi uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Merix Demiral jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turkiyalik futbolchi tizzasidan jarohat olgan va u tez orala jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi. Shifokorlar uni taxminan yarim yil maydonga qaytolmasligini aytishmoqda.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” Demiralni o‘tgan yilning yozida “Sassuolo”dan 18 mln evro evaziga sotib olgan edi. 21 yoshli futbolchi o‘tgan davr mobaynida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar