"Yuventus" etakchisini MYuda "ketmoni uchmayotgan" hujumchiga almashmoqchi

  • 6 yanvar, 20:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkzeeni Seriya A'ga qaytishga yaqin ekanligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Gap shundaki, forvardning agenti "Manchester Yunayted"dan "Yuventus"ga Zirkzeeni transfer qilish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

"Transfer News Live" xabar berishicha, Turinliklar MYudan Zikrzeeni Vlahovichga almashishni so‘rashgan. 24 yoshli serbning Italiya grandi bilan imzolagan shartnomasi 1,5 yildan so‘ng tugaydi va futbolchi shartnomani yangilashga hech qanday xohish ko‘rsatmayapti. Shu sababli, Yuve rahbariyati Dushanni Joshuaga amashishga qarshi emas.

Joriy mavsumda Dushan Vlahovich 23ta rasmiy o‘yinda 12ta gol urgan. 23 yoshli Zikrzee bo‘lsa, MYu safida 20 ta o‘yinda 3 ta gol va bitta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!