
"Yuventus" etakchilaridan biri 2-3 haftaga safdan chiqdi
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Duglas Kosta yana lazaretga tushdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchining chap oyoq son mushaklari jarohatlangan va u taxminan 15-20 kun maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Yuventus” safida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar