
"Yuventus" "Arsenal" futbolchisi uchun kurashda etakchilik qilmoqda
"Yuventus" yozgi transfer vaqtida "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerinni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya yozmoqda "ESPN".
Manbaning xabariga ko‘ra, himoyachi uchun kurashda "keksa senoralar" etakchilik qilmoqda. Uning xizmatiga PSJ va "Barselona" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Belerinning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyida yakuniga etadi. Transfermarkt portali ispaniyalikni 28 million evroga baholamoqda.
Fikrlar