"Yuve" sport direktori: Ronalduni hurmat qilamiz, lekin klub muhimroq

  • 10 sentabr, 2021, 18:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" sport direktori Federiko Kerubini "Manchester Yunayted" safiga o‘tgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Bizdagi sharoitlar uning uchun to‘g‘ri kelmas edi. MYu o‘z an’analariga ega klub sifatida boshqacha yo‘l tutdi. Ronaldu biz bilan qanday gaplashganini hisobga olsak, boshqa natija bo‘lishi mumkin emasdi. Biz o‘yinchini o‘ziga mos bo‘lmagan sharoitlarda ushlab qola olmasdik.

Ronalduni hurmat qilamiz. Lekin jamoa prezidenti: "Yuventus" tarixini buyuk chempionlar, murabbiylar va direktorlar yaratgan, biroq klub muhimroq",-dedi. "Udineze" bilan o‘yindan bir hafta oldin, biz Ronaldu qolishiga ishonayotgan edik".

36 yoshli hujumchi "keksa senora" safida 134 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 101 gol va 22 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!