
"Yuve" chekinmoqchi emas: turinliklar Pogba uchun ikki futbolchisini berishga tayyor
"Yuventus" klubi "Manchester Yunayted"dan sobiq futbolchisi Pol Pogbani qaytarishni rejalashtirmoqda. Turinliklar "qizil iblislar"ga futbolchilar "rokirovka"sini taklif qildi.
"Sky Sports" nashrining xabar berishicha, Pogba o‘rniga yarim himoyachi Federiko Bernardeski va hujumchi Paulo Dibala "Old Trafford"ga yo‘l olishi mumkin. "Yuve" rahbariyati ikki futbolchi Pogbaning transfer summasini to‘lash uchun etarli bo‘ladi, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pol xizmatiga "Real Madrid" va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar