
"Yunayted"da ishlari yurishmagan Sanches o‘z omadini "Siti"da sinab ko‘rishi mumkin
Mavsumni “Inter” safida ijarada o‘tkazayotgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches yana APLga qaytishi mumkin.
La Cuarta nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 31 yoshli chililik futbolchiga "Manchester Siti"dan qiziqish paydo bo‘la boshlagan. “Shaharliklar” allaqachon Sanchesning vakillari bilan aloqaga chiqqan va transfer masalasini muhokama qilishni boshlagan.
Sanches joriy mavsum “Inter” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 16 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar