Yulduzlari yo‘q Urugvayga mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston uchrashuvda qanday statistika qayd etdi?

  • 13 oktabr, 20:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 13 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Malayziyada Urugvay terma jamoasi qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Mazkur bahs janubiy amerikaliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Bellashuvdagi gollar Fakundo Torres, Xuan Manuel Sanabria va Ruslanbek Jiyanovlar tomonidan kiritildi.

Tecno

Ushbu uchrashuvda qayd etilgan statistika va terma jamoamiz a’zolariga qo‘yilgan ballarni taqdim etamiz.

To‘p nazorati - O‘zbekiston 43 foiz, Urugvay 57 foiz.
Golli vaziyatlar - O‘zbekiston 2 ta, Urugvay 3 ta.
Darvoza tomon zarbalar - O‘zbekiston 7 ta, Urugvay 13 ta.
Seyvlar - O‘zbekiston 2 ta, Urugvay 1 ta.
Burchak zarbalari - O‘zbekiston 2 ta, Urugvay 6 ta.
Paslar - O‘zbekiston 341 ta, Urugvay 445 ta.
To‘pni olib qo‘yishlar - O‘zbekiston 8 ta, Urugvay 18 ta.

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi a’zolariga "Sofascore" tomonidan qo‘yilgan ballar: Abduvohid Ne’matov 6.5, Muhammadqodir Hamroliev 6.5, Rustam Ashurmatov 6.7, Umarbek Eshmurodov 6.9, Hojiakbar Alijonov 6.3, Akmal Mozgovoy 6.5, Otabek Shukurov 6.5, Sherzod Nasrullaev 6.9, Aziz G‘aniev 6.7, Eldor Shomurodov 6.8 va Hojimat Erkinov 6.2.

Zahiradan maydonga tushganlar: Azizbek Turg‘unboev 6.6, Ruslanbek Jiyanov 7.4, Abdurauf Bo‘riev 6.6, Husayn Norchaev 6.5, Dilshod Saitov 6.5, Igor Sergeev 6.5.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!