
Yulduzlar avjiga chiqqan uchrashuvda PSJ yirik hisobda zafar quchdi
Frantsiya chempionati 30-turidan o‘rin olgan PSJ - "Loryan" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda parijliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar tarkibida Mbappe va Neymar dubl qayd etdi. Shuningdek, Messi ham bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Pochettino shogirdlari ochkolari sonini 68 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular Liga 1 peshqadami bo‘lib turibdi. 28 ochkosi bor "Loryan" 16-pog‘onani band etgan.
Fikrlar