Yosharayotgan termamizning Kamerunga qarshi o‘yindagi o‘rtacha yoshi bilan tanishing

  • 23 sentabr, 2022, 15:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yig‘in doirasida Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati ishtirokchisi hamda Afrikaning nomdor termalaridan biri bo‘lgan Kamerunga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. 

Mazkur bahsda vakillarimiz ishonchli 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Dastlab, 24-daqiqada Hojimat Erkinov Shomurodovning ajoyib uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 76-daqiqada Oston O‘runov Odil Hamrobekovning pasidan so‘ng farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 

Qayd etish lozim, termamizning mazkur o‘yindagi asosiy tarkibining o‘rtacha yoshi 26.8ni tashkil etdi. Kamerun esa bizdan 1.2 yoshga kattaroq tarkibni maydonga tushirdi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!