
Yosh kurashchilarimiz Osiyoda tengsiz
Joriy yil 4-8 sentyabr kunlari Tailandning Chonburi shahrida kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida VII Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda qit’aning 12 davlatidan 100 nafardan ziyod iqtidorli polvonlar g‘oliblik uchun bellashdi. Chonburi shahridagi Katserat Universiteti sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bahslar Tailandning bir necha teleradiokanallari, shuningdek Janubiy Koreyaning Fight Cast media platformasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib borildi.
Musobaqada ishtirok etgan hamyurtlarimizdan 13 nafari shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishning uddasidan chiqishdi. Shuningdek, Osiyo chempionatida yana bitta kumush hamda 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan yosh kurashchilarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.
Fikrlar