Yosh dzyudochilarimiz Ufadagi "A" seriya turnirida hozircha 2 ta medal qo‘lga kiritishdi

  • 25 may, 2024, 21:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Boshqirdistonning Ufa shahrida 2011-2014 yillarda tug‘ilgan kichik yoshdagi dzyudochilar o‘rtasida xalqaro turnir boshlandi. 

Tecno

Sobiq ittifoq sport ustasi F.Davletshin xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan "Lokomotiv" bolalar ligasi turnirida 8 davlatdan yosh dzyudochilar ishtirok etishyapti. "A" seriyasiga kiruvchi ushbu musobaqada Tohir Fayziev va Xurshidbek Ahmedov murabbiyligidagi 9 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishdi.     

Ulardan Kadambaeva Rayhon 33 kg vaznda kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Baxtiyorova Hulkar (+57 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Ufa tatamilarida Jabborova Muxlisa, Tangriberdieva Munisa, Perminova Laura, Akbarov Abduhamidjon, Boboxonov Sayfulloh, Ablakulov Rustam va Ravshanov Muhammadyusuf ham o‘z imkoniyatini sinab ko‘radi. Turnir ertaga o‘z yakuniga etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!