
Yo‘lnoma. Qatardagi mundialga avtomobilda borishni maqsad qilgan SPORTS.uz jurnalistidan qiziqarli hikoya (video, foto)
Joriy yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi avtomobillarda Qatarga yo‘l oldi. Sababi 20 noyabr kuni aynan ushbu mamlakatda futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati boshlanadi.
Bu yilgi Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga qiziqish ancha yuqori hatto kaminani ham.
Avvalo, O‘zbekiston Futbol Assotsatsiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman (bu paxta emas). Endi menda maydon chetida ishlash uchun akkreditatsiya bor, sport jurnalisti uchun bu katta baxt. Ammo kaminaga bu baxt qo‘sh keldi.
O‘zbekistonlik muxlislar faoli Abdurahmon Fozilov O‘zbekiston Turizm va Madaniy Meros vazirligi hamda “7 Saber” brendi bilan hamkorlikda Qatardagi jahon chempionatiga avtomobilda borishni reja qilganini eshitdim, albatta sayohatlardan qaytmaydigan inson sifatida karvonga “ilakshib” oldim.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Endi bevosita karvon haqida gaplashamiz.
Yo‘nalish…
Bizning dastlabki yo‘nalishimiz: 10 noyabrdan O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron (Eronning Bandar Abbos portidan Dubayning Al Mamzar portigacha parom orqali o‘tiladi) – BAA – Saudiya Arabistoni – Qatar edi, biroq jo‘nab ketish sanasi 10 noyabrdan 5 noyabrga ko‘chirilishi munosabati bilan Turkmaniston vizasiga ulgurmadik va yo‘nalish O‘zbekiston – Qozog‘iston (Aktau shahridagi “Qo‘riq” portidan Bokuga parom orqali) – Ozarbayjon – Eron (Eronning Bandar Abbos portidan Dubayning Al Mamzar portigacha parom orqali o‘tiladi) – BAA – Saudiya Arabistoni – Qatar yo‘nalishiga o‘zgardi. Bu bizni aksincha hursand qildi. Albatta masofa biroz uzoqroq, ammo sarguzash istagan odam uchun bu hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Yo‘lga chiqishimizdan bir kun oldin Qashqadaryo viloyati Kitob tumaniga borib, oila-a’zolarim bilan xayrlashdim. Sababi, uzoq yo‘l va ota-onamning duosini olishim kerak edi.
5 noyabr kuni ertalab soat 5:00 da Kitob tumanidan Samarqandga yo‘lga chiqdim. Chunki Abdurahmon Fozilov safarimiz soat 9:00 da boshlanishini aytgan edi. Ammo bizni kuzatish uchun boshlangan tadbir soat 11:00 da boshlandi. Men o‘ylagandimki, turizm vaziri duo qilib, shunchaki kuzatib yuboradi. Tamom.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Biroq unday bo‘lmadi. Sababi Samarqandda katta tadbir bo‘ldi. Bizni kuzatish uchun ko‘plab odamlar tashrif buyurdi. Hatto tadbirda jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili ham so‘zga chiqib, bizga omad tiladi. Yo‘lga chiqdik. yo‘lda bizning mashinamizni ko‘rgan odamlar to‘xtatib, rasmlarga tushishdi. Shunchaki, ajoyib. Demak, biz yolg‘iz emasmiz. 35 million aholining hammasi biz bilan edi. O‘sha kuni kechgacha Buxoro shahriga kirib bordik. Sababi uzoq yo‘l va bunday safarga chiqqan odam yaxshi dam olishi kerak, albatta.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
6 noyabr kuni tongda “qaydasan Qatar” deya yo‘lga otlandik. Bizning asosiy maqsad — o‘sha kuni Qo‘ng‘irotgacha borish. Kayfiyat a’lo darajada, sababi yo‘l davomida bizni ko‘rgan vatandoshlarimiz yaxshi borib kelishimiz aytib, duo qilishar edi. Tabiiyki, bu bizni xursand qiladi. Qoraqalpog‘istonning Beruniy shahrida yana bir qiziq voqea sodir bo‘ldi. Biz o‘sha erda baliqxonaga to‘xtamoqchi bo‘ldik.
Safar davomidagi sherigim Otabek aka (IWASH) o‘zining “Instagram” sahifasida Beruniydagi eng zo‘r baliqxonaga to‘xtaganimiz haqida post qoldirdi. Shundan keyin o‘sha ergacha bizni qidirib kelib, delegatsiyamiz bilan rasm tushib ketishdi. Qolaversa, ovqat pulini ham bizga to‘latishni istashmadi. Juda ham mehmondo‘st xalqmiz, shunday emasmi? To‘rtko‘l shahrida esa odamlar yo‘lda eb ketasizlar deya non va har xir shirinliklar berishdi. Garchi yo‘ldagi qiyinchiliklar biroz charchatgan bo‘lsa-da, sira sezilmas edi. Maqsadimizga etdik. Kechga yaqin Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irotda shahriga kirib bordik va shu erda tunab qoldik.
Bu erda ham bir kecha qolib, ertasi kuni Qozog‘istonga o‘tib olishni maqsad qildik.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
7 noyayur kuni O‘zbekistonni bir oydan ko‘proq vaqtga tark etgan holda Qozog‘istonRespublikasiga o‘tdik. Umuman olganda, chegara qiyinchilik tug‘dirmadi. O‘sha kuni kechga yaqin Beyneu shahriga kirib borishni maqsad qildik. Biroq bitta narsani esdan chiqaribmiz. Ya’ni chegaradan o‘tishdan oldin mashinamizga yoqilg‘i solishni unutibmiz. Atrof cho‘l, Beyneugacha esa 100 km, bizning yoqilg‘imiz esa 30 kmga etadi. Ammo Allohga tavakkal qilib, yo‘lga chiqdik. Xudoga shukr, yoqilg‘imiz AYoQShga etganda tugadi. Bu ham Allohning qudrati, shunday emasmi?! Qoraqalpog‘istondan Qozog‘iston chegarasigacha bo‘lgan yo‘l nosoz bo‘lganligi sababli, mashinamizning tashqi ko‘rinishi juda abgor ahvolda edi. Shu bois, birinchi qilgan ishimiz, avtomobillarimizni yuvish bo‘ldi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Shundan keyin mehmonxonaga joylashdik va yana bir kunimiz yakuniga etdi.
Ertalab Aktau tomon yana yo‘lga chiqdik. Yo‘ldagi tabiatni esa til bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Shunchaki, ajoyib.
Kechgacha Aktauga etib bordik. Qaerga etganligimiz va yo‘ldagi qiyinchiliklar haqida “Instagram” sahifamizga video joylab borayotgan edik. Buni ko‘rgan Aktaudagi vatandoshlarimiz, bizni qaysi vaqtda etib borishimizni bilgan va delegatsiyamizni ko‘plab o‘zbekistonliklar kutib olishdi.
Asli navoiylik bo‘lgan Doniyor ismli sport murabbiysi bizni ovqatlanishga, qozoqlarning eng mashhur taomlaridan biri hisoblangan Beshbarmoq eyishga taklif qildi. Keyin esa yana bir asli navoiylik bo‘lgan va 10 yildan beri Aktauda yashab kelayotgan Rustam aka ismli odam bizni shu erdagi eng yaxshi dengiz restoranida mehmon qildi. Men shu paytgacha qozoqlarning beshbarmoq ovqatini eshitgan edim, lekin fishbarmoq deb nomlanuvchi taom haqida eshitmagan edi. Qolaversa, Rustam aka bizga chiptalar va Aktaudagi ko‘plab masalalarda yordam berdi. Xullas, bizni Qozog‘istonda ham yolg‘iz qoldirishmadi. O‘zbeklar barcha erda bor.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Aslida, biz o‘sha kuni dengiz yo‘li Baku shahriga ketishimiz kerak edi, ammo portda bir qancha muammolar yuzaga keldi. Shu bois, bir necha kun shu erda qolishga majbur bo‘ldik. Ayni paytda ham Ozarbayjonda karantin davom etayotgani sababli er orqali u erga kirish imkonsiz edi. Biz mashinalarimzni paromga o‘tkazib, Baku tomon jo‘natib yubordik, ammo qancha istasak-da, bizga mashinalarimiz bilan ketishga ruxsat berishmadi. Keyinchalik ruxsat berishgan edi, biroq bu paytda biz samalyotga chipta olib ulgurgan edik. Shu bois, ortga qaytishni istamadik. Xullas, Qozog‘istondagi 3 kunimiz davomida mehmondorchiliklar va har hil muammolar sabab ko‘p vaqt yo‘qotdik, lekin bunga sira ham afsuslanmaymiz.
Ozarbayjon, Baku
Baku shahrida bizni fantastik muhit kutib oldi. To‘g‘risi, shaharni bunchalik rivojlanib ketganini kutmagan edim. Bu erda hozircha hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q. Hozircha shu erdamiz va keyinroq Ozarbayjon, Baku shahri haqidagi taassurotlarni keyinchalik ulashamiz.
Azamat Umarov
Fikrlar