
Yildagi so‘nggi UFC turnirining prelim kardidagi janglar yakunlandi
Ayni paytda AQSh ning Tampa shahrida bu yildagi UFC ning oxirgi turniri bo‘lib o‘tmoqda. Quyida mazkur musobaqaning prelim kardida qayd etilgan natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Maykl Jonson 2-raundda Ottman Azaytarni taslim etdi;
Xoel Alvares 1-raunddayoq Drakkar Klozeni texnik nokaut evaziga engdi;
Shon Vudson 1-raundda Fernando Padilyani texnik nokautga uchratdi;
Felipe Lima ochkolar bo‘yicha Maylz Jons ustidan g‘alabaga erishdi;
Miranda Maverik hakamlarning bir ovozdan qarori bilan Jeymi-Lin Xortni engdi;
Deyvi Grant ochkolar evaziga Ramon Taverasdan ustun keldi;
Pera Rodriges hakamlarning yakdil qarori bilan Jozefin Lindgren Knutssonni mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi navbat asosiy karddagi janglarga!
Fikrlar