
O‘zbek legionerining jamoasi “ishkal” transferni amalga oshirmoqchi
O‘zbekistonning eng iqtidorli o‘yinchilaridan hisoblangan Muhammadali O‘rinboev “Paxtakor”dan “Antverpen”ga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor.
20 yoshli Muhammadali Belgiya chempionatida ishtirok etadigan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida o‘z nomini futbol tarixiga yozdirib qo‘ydi. Hujumkor o‘yinchimiz ilgari Angliyaning “Brentford” klubi yoshlar jamoasida tajriba oshirib qaytgani unga yangi chempionatda o‘zini ko‘rsatishi uchun qo‘l keladi, deb umid qilamiz.
“Antverpen” yozgi transferlar oynasi davomida Osiyodan yana bir o‘yinchini olib kelmoqchi. Bu jamoa Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi qanot hujumchisi Marvan As-Saxafiyni bir mavsumga ijaraga oladigan bo‘ldi.
Bu transfer Belgiya futbol jamoatchiligida kuchli reaktsiya keltirib chiqardi. Chunki Marvan o‘tgan mavsumni Antverpenning yana bir jamoasi – “Berxost” safida o‘tkazgan edi. Belgiya futbolida ham bir shaharning bir biriga raqib ikki jamoasida o‘ynash muxlislarning e’tirozini keltirib chiqarishi tabiiy hol.
Shunga qaramay, mamlakat futbolida ham “Antverpen”, ham “Berxost” jamoalari sharafini himoya qilgan o‘yinchilar ham topiladi. Ana shunday sobiq futbolchilardan Yoren Dom va Patrik Guts Saudiya Arabistoni terma jamoasi a’zosi Marvan As-Saxafiyning transferiga darrov o‘z munosabatini bildirdi.
- “As-Saxafiy bu transferi orqali nimalar qilib qo‘yganini hali o‘zi anglab etgani yo‘q. Biroq bir shaharning ikki klubi hozir bir ligada o‘ynamayotgani uning transferiga bosimni biroz pasaytiradi.
Qolaversa, Saudiya Arabistonidan kelgan odamga bosim mahalliy futbolchi, masalan Antverpenda o‘sgan men kabi o‘yinchiga nisbatan ancha kam bo‘ladi, - dedi Yoren Dom.
Ta’kidlash joizki, Yoren Dom 2017 yili “Antverpen”dagi besh yillik faoliyatidan keyin raqib jamoa “Berxost”ga o‘tib ketgan edi.
Har ikki jamoada o‘ynagan Patrik Guis esa, Marvan As-Saxafiyga yangi jamoa moslashish jarayoni O‘zbekistondan kelgan Muhammadali O‘rinboevga nisbatan oson kechishini ta’kidladi.
- O‘zbekistonlik legioner Muhammadali O‘rinboevdan farqli ravishda As-Saxafiy Belgiya ligasi va shahar bilan yaxshi tanish. Bu juda katta ustunlik beradi.
“Antverpen” hujumkor o‘yin uslubini hali to‘liq shakllantira olmayotgan jarayonda Marvanning hujumkorligidan yanada ko‘proq foydalansa bo‘ladi. O‘tgan mavsumda As-Saxafiy ikkita uchrashuvda “Anderlext” va “Bryugge” kabi grand klublar darvozasini ishg‘ol qilgani uning mahoratidan dalolat beradi, - dedi Patrik Guts.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Muhammadali O‘rinboev 7 iyul kuni “Antverpen” klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Bu transfer uchun belgiyaliklar 500 ming evro to‘lagani qayd etilgan.
O‘rinboevning yangi jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.
Husanovning o‘yini ekspertlar tomonidan qanday baholandi?
Gvardiola Husanovning o‘yinini qanday baholadi?
Husanovchi? Gvadiola tez orada “Siti”dan ko‘pchilik ketishini aytdi
Husanov qancha olyapti? “Manchester Siti” futbolchilari maoshi e’lon qilindi
Gvardiola oxirgi tayyorgarlik o‘yiniga Husanovni chaqirdi!
Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!
Fayzullaev TsSKAdan ketganining asl sababi oshkor bo‘ldi
Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti
Fikrlar