Yil jangiga 1 oydan kam vaqt qolganida Habib va Getji nimalar bilan mashg‘ul?

  • 26 sentabr, 2020, 17:54
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da uzoq kutilgan chempionlik janggi o‘tkaziladi. Unda chempion Habib Nurmagomedov hamda vaqtinchalik kamar sohibi Jastin Getji oktagonga ko‘tariladi. Demak, yil jangi oldidan sportchilar qay tarzda mashg‘ulot o‘tkazmoqda?

Tecno

Khabib-Nurmagomendov-vs-Justin-Gaethje

Habib Nurmagomedov

Rossiyalik jangchi 10 sentyabrda Amirliklarga keldi va Dubay shahridagi ulkan sport saroyida mashg‘ulotlarga kirishdi. Biroq tish og‘rig‘i tufayli u bir necha kun shug‘ullana olmadi.
20 sentyabr kuni 32 yoshga to‘lgan jangchi o‘z tug‘ilgan kunini ham mashg‘ulotlarda o‘tkazdi. Shuningdek, "UFC Russia"ga bergan intervyusida otasining vafotidan keyingi ruhiy tushkunlik haqida gapirdi:
"Men doimiy ravishda mashq qilardim, chunki u mendan tushkunlikni qandaydir darajada engillashtirardi. Men doimiy ravishda shug‘ullanaman, bu menga yoqadi. Agar mashg‘ulotga bormasam, tushkunlikka tushaman. Butun hayotim davomida mashq qildim va bundan-da kuchliroq bo‘lish uchun to‘xtamasligim kerak. Otam ham xuddi shunday edi. U har doim mashq qilgan. Do‘stlari har doim qaerga bormasin, uning yonida doimo sumkasi bo‘lganini aytishardi".

xabib papa

Jastin Getji

Getji esa Koloradoda, dengiz sathidan 1600 metr balandlikda mashq o‘tkazmoqda. Amerikalik ikki murabbiy: biri kurash usullari, boshqasi boks bo‘yicha Jastinni amaldagi chempionga qarshi tayyorlamoqda. E’tirof etish joiz, Getjiga AQShning eng quchli kurashchilaridan biri sparring sherik hisoblanadi. Professional sportchilardan Kerrington Blekston, Teyvan Klekston, Rafael Garsiya kabi jangchilar unga mashg‘ulotlarda raqiblik qilmoqda. Eng qizig‘i, hamyurtimiz Isroil Madrimov ham Getjiga bir muddat sparring raqib bo‘ldi.
So‘nggi ikki jangida Jastin loukiklarining barchasini raqibiga tekkiza olgan. Shu jihatdan Habibga oson bo‘lmasligi tayin. Amerikalikning oxirgi qurbonlari Toni Gergyuson, Donald Serrone, Edson Barboza hamda Jeyms Vik kabi kuchli sportchilar edi. Ushbu janglarning 3 tasini Getji 1-raundning o‘zidayoq hal qilgan.

getji

Jastin Getjining statistikasi:
24 jangdan 22 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat;
Bu ko‘rsatikich Habib Nurmagomedovda:
28 jangdan 28 g‘alaba, mag‘lubiyat yo‘q.

Bundan ham ko‘rinib turibdiki, amerikalikka Habibni engish oson kechmaydi. Jang oldidan ko‘p narsa chempion tarafda. Biroq Nurmagomedovning odatiy kurashga kirish usuliga qarshi Getji "qurol" tayyorlashi shubhasiz. Shuningdek, raqibini uzoq masofada ushlab tura olsa, Jastin "The Eagle"ni ancha qiynashi tayin. Har ikki jang ustasi 32 yoshda va ularning bu borada bir-biridan hech qanday ustunligi yo‘q. Demak, bizga super jang taklif qilayotgan ushbu ikki sportchi bahsi zerikarli o‘tmasligi aniq.

3

Javohir Azimov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!