Yaxshiboev sobiq jamoasining eng yaxshi futbolchisi!
Hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboev uchun bu mavsum juda omadli keldi. Belarus chempionatida javlon urayotgan legionerimiz birinchi bo‘lib, "Energetik-BGU" safida ancha muvaffaqiyatli harakat qildi.
Ko‘rsatgan yorqin o‘yinlari samarasi o‘laroq, futbolchimiz jamoa muxlislarida yaxshi taassurot qoldirdi. Minskliklarning eng yaxshi legioneri sifatida e’tirof etilgan Jasurbek yana bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Muxlislar talqiniga ko‘ra, Yaxshiboev mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.




Fikrlar