
Yaxshiboev gol+pas tizimi bo‘yicha etakchi!
Jasur Yaxshiboev harakat qilayotgan "Shaxtyor" klubi Belarus Oliy ligasida peshqadamni taqib qilishda davom etmoqda. 27-turdan keyin BATE bilan 1 ochkolik farqni yuzaga keltirgan soligorskliklar 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘zaro o‘yinda karvonboshilikni qo‘lga olish uchun maydonga tushadi.
"Shaxtyor" to‘purari Jasur Yaxshiboev gol+pas tizimida 1-o‘rinda bormoqda. Legionerimiz 24 o‘yinda maydonga tushgan va 16 ta gol urib, 6 bor sheriklari goliga hammualliflik qilgan. Uning raqobatchisi Maksim Skavish hisobida 17 gol va 1 assist mavjud.
Fikrlar