
Yaponiya klubi Toshkent shahar bolalar akademiyasi jamoasini ham mag‘lub etdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, futbolni yanada ommaviylashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Yaponiyaning “Vanfore Kofu” futbol klubi ayni kunlarda mamlakatimizning bir qator bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazayotgani haqida xabar berib o‘tgandik.
Kecha Samarqandda yaponiyalik futbolchilar viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Bugun "Vanfore Kofu" jamoasi Toshkentdagi "Chig‘atoy" sport majmuasida Toshkent shahar bolalar va o‘smirlar akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuv 2:0 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Endilikda 7 aprel kuni Yaponiya jamoasi "Chig‘atoy"da Andijon va Namangan futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari bilan bahs olib borishadi.
Fikrlar