"Yangier-Quruvchi"ga bir qator yangi futbolchilar qo‘shildi. Ularning orasida Superligada o‘ynaganlar ham bor

  • 20 fevral, 2022, 15:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Yangier-Quruvchi” navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida “Surxon”ga qarshi bahs 2:1 hisobida Superliga ishtirokchisining g‘alabasi bilan yakun topdi.

“Yangier-Quruvchi” bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov ushbu bellashuvda ikki xil tarkibni sinovdan o‘tkazdi. Dastlabki bo‘limda qator tajribali futbolchilarni maydonga tushirgan bo‘lsa, tanaffusdan keyin yoshlar maydonga tushirildi. Yagona golga Timur Usmonov mualliflik qildi.

“Yangier-Quruvchi” navbatdagi nazorat uchrashuvini chorshanba kuni Qozog‘iston birinchi ligasi ishtirokchisiga qarshi o‘tkazadi.

“Yangier-Quruvchi”: Izzat Turdiqulov, Shohruh Xolmatov, Said Abdujabbarov, Bunyod Abdumannopov, Asilbek Begimqulov, Qahramon Bahodirov, Bunyod Shodiev, Ahror Umarjonov, Elyor Mamasoliev, Timur Usmonov, Siroj Meliev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhriddin Odilov, Muhammad Rasulov, Abduqaxxor Xojiakbarov, Nodir Yo‘ldoshev, Otabek Ikromov, Bekjon Jo‘raboev, Bekzod Tolibjonov, Xolmurod Xolmurodov, Oybek Ahmatov.

Tarkibga e’tibor bergan bo‘lsangiz, bir qator yangi nomlarga guvoh bo‘lish mumkin. Jumladan, Superliga klublarida o‘ynagan va o‘tgan yili “Turon”da to‘p surgan Abduqahhor Hojiakbarov, “Dinamo”ni tark etgan hujumchi Timur Usmonov bilan Siroj Meliev “Mash’al” jamoasida o‘ynagan Qahramon Bahodirov va yana bir qator yangi futbolchilar “Yangier-Quruvchi”ga taklif qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ubaydullayev Doston
20/02/2022 17:53
Soʻgʻdiyonada oʻynagan Asilbek Begimqulov ham bor