"Yangi taktik sxema Fayzullaevga salbiy ta’sir ko‘rsatdi"

  • 23 aprel, 16:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA sobiq futbolchisi Aleksandr Grishin Moskva klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning mavsumning ikkinchi yarmidagi o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Mutaxassis fikricha, jamoa taktik sxemasidagi o‘zgarishlar legionerimizning o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

"Fayzullaev ko‘proq qanot hujumchisi sifatida samarali o‘ynaydi, u erda unga osonroq. Hozir esa uning pozitsiyasini o‘zgartirishdi, bu esa unga noqulaylik tug‘diryapti, ba’zida esa, Abbos maydonda yo‘qolib qolyapti. Oldin u ancha yorqin o‘ynagan edi", — dedi Grishin.

Joriy mavsumda Fayzullaev RPL va Rossiya Kubogi doirasida 32 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma bergan.

21 yoshli yurtdoshimizning TsSKA bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali ma’lumotiga ko‘ra, Abbosning bozor qiymati 8 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!