
“Yangi Mbappe” paydo bo‘ldi
Foot Mercato nashri Evropa klublari e’tibori “Reyms” hujumkor futbolchi Ugo Ekitikega qaratilgani haqida bong urmoqda.
Hech kim tanimaydigan 19 yoshli futbolchi Frantsiya chempionatida birdan porlay boshladi. Garchi u qudratli jamoada to‘p tepmasa ham, ko‘p gol urishni uddalamoqda.
Joriy mavsumda iste’dodli yarim himoyachi 17 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ikkita golli pas oshirdi.
Frantsiyalik mutaxassislar Ugoni Kilian Mbappega qiyoslashmoqda. Haqiqatan ham, bu futbolchining o‘yin uslubi Mbappenikiga juda o‘xshaydi.
Fikrlar