"Yana u erga borardim" yoxud yaponiyaliklar Fozil Musaevning qaytishini xohlashyapti

  • 17 avgust, 2021, 21:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga debyutanti – “Turon” klubi nihoyat o‘z o‘yinini topib boryapti. Ayniqsa, Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri jamoa yutqazmay kelyapti.

Tecno

“Turon” uning boshchiligida hozirgacha beshta o‘yinda ishtirok etib, ikkita g‘alaba va uchta durang qayd etdi. Ayniqsa, 14 avgust kuni 15-tur doirasida o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini Fozil Musaevning kiritgan yagona goli evaziga mag‘lub etgani diqqatga sazovor.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning goli “Turon”ning ikkinchi g‘alabasi, “So‘g‘diyona”ning esa ikkinchi mag‘lubiyatini ta’minladi. Uchrashuv qahramoniga aylangan Musaev Sports.uz uchun avvalo qo‘lga kiritilgan muhim g‘alaba haqida gapirdi.

- Bilasizmi, “Turon” jamoasi bosh murabbiyligiga Igor Anatolevich Shkvirin kelganidan keyin hammasi yaxshi tarafga o‘zgaryapti. Xudoga shukr, jamoamizning natijalari yaxshilanib boryapti. Bu holat mashg‘ulotlarimizda ham sezilyapti. Natijada futbolchilarda ham o‘zlariga nisbatan ishonch kuchaydi. Bu holat o‘yinlarimizda ham aks etyapti. Shu bilan birga jamoaga omad ham kulib boqyapti. Nasib qilsa, bu “Turon” uchun davomli bo‘lsin.

musaev

“So‘g‘diyona” darvozasiga urgan goli juda chiroyli kombinatsiyadan keyin kiritildi. Fozil hujumni boshladi va o‘zi yakuniy nuqta qo‘ydi. Bu ishni qanday uddaladi? Chunki bu gol chiroyli kombinatsiya evaziga kiritildi. Bunday hujum va gol urish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi...

- O‘sha vaziyatda to‘pni qabul qildim va Sunnat Abdullajonov bilan “stenka” o‘ynab, raqib jarima maydoniga kirib ketdim. Bori shu xolos. O‘z navbatida Sunnatni ham menga ajoyib pas berganini aytishim kerak. Gol urishda omadim ham keldi.

musaev1

Qizig‘i, Musaevning So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yindagi goli va o‘yinini yaponiyalik muxlislar ham kuzatdi. Fozilning goli tufayli O‘zPFLning tvitterdagi sahifasida yaponiyalik muxlislarning “mehmon” bo‘lishiga sabab bo‘ldi. O‘z o‘rnida “Jubilo Ivata”ning sobiq futbolchisi bu haqda shunday dedi:

- To‘g‘ri, Yaponiyadan har doim muxlislar menga yozib turadilar. Instagramda ham kuzatib boradilar. Ular har safar o‘yindan oldin menga omad tilaydilar. Bunday e’tibor esa odamga juda yoqimli tuyuladi. Bu safar ham “So‘g‘diyona” klubiga qarshi bellashuvdan avval shunday bo‘ldi. O‘yin tugaganidan keyin yaponiyalik muxlislar menga tabriknomalar yozdilar. Tabiiyki, o‘zimizning ishqibozlardan ham tabrik so‘zlari yozilgan xabarlar keldi.

musaev3

Ha, Yaponiyada Fozil Musaevni juda qadrlashadi. “Jubilo Ivata” klubidagi faoliyati orqali u ko‘plab muxlislar orttirishga muvaffaq bo‘ldi. Shuning uchun yaponiyaliklar bu futbolchiga hamon befarq emaslar. Xo‘sh, Musaev ham Yaponiyadagi ishqibozlarini sog‘inyaptimi?

- To‘g‘risini aytsam, yaponiyaliklar har doim qaytib kel, deb yozishadi. Shu erda o‘yna, “Jubilo Ivata”da bo‘lmasa ham Yaponiya chempionatida to‘p surishingni istaymiz, o‘yiningni yana ko‘rishni xohlaymiz, deb ko‘p yozadilar. Shu bois qaerda bo‘lsam ham ular menga doim omad tilab turadilar. Bunday e’tibor uchun ulardan doim minnatdorman. Chunki Yaponiyadan bo‘lsa ham ishqibozlar meni kuzatib, qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar. Bu juda yoqimli holat, - deydi Musaev.

musaev2

Yaponiyaliklarning unga hamon e’tibori yuqoriligi bejiz emas. Fozildan yana Yaponiyaga qaytish rejangiz bormi? Bu borada aniq takliflarni qabul qildingizmi, deya so‘raganimizda quyidagicha javob berdi.

- Rostini aytsam, agar yana Yaponiyadan taklif bo‘lsa, u erga borardim. Lekin bu hozir emas, balki qishda. Chunki hozirgi paytda bor e’tiborimni faqat “Turon”ga qaratganman.

Darvoqe, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Srechko Katanetsning bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilayotgani sababli bu borada Fozil Musaevning ham fikrini bilishga qiziqdik.

- Bu haqda bilmayman. Nima bo‘lsa ham barchasi o‘zbek futboli uchun yaxshi tanlov bo‘lgan bo‘lsin. Eng muhimi, milliy terma jamoamiz jahon chempionati ishtirokchisiga aylanishini juda istayman, - deya javob berdi, Musaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akrom Ruzibaev
18/08/2021 10:17
Шу ерда хеч нарсани койиллатмадинг канака килиб Японияда уйнадинг билмадим