Yana bir yirik musobaqa koronavirus sabab to‘xtatildi

  • 13 mart, 2020, 10:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Libertadores kubogi bellashuvlari to‘xtatilganini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra tashkilot dunyo bo‘ylab tarqalayotgan koronavirusning (COVID 19) oldini olish maqsadida shunday qarorga kelgan.

Ta’kidlash kerakki, Libertadores kubogining dastlabki bellashuvlari 15-21 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq FIFA Janubiy Amerika qit’asida JCh-2022 saralash bellashuvlarini qoldirgani haqida ma’lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!