
Yamal qachon safga qaytadi?
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal sentyabr o‘rtalarida olgan jarohatidan asta-sekin sog‘aymoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, 18 yoshli futbolchi to‘p bilan mashg‘ulot o‘tkazishni boshlagan va jarohatdan tuzalish jarayoni tezlashmoqda. Yamal Laliganing 6-turidan o‘rin olgan "Real Ovedo"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Biroq 28 sentyabr kungi "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi kutilyapti. Jamoaning asosiy maqsadi Yamalni Chempionlar ligasi umumiy bosqich 2-turida PSJga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishini ta’minlash hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Yamal 22 sentyabrda bo‘lib o‘tgan "Oltin to‘p" marosimida mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi.
Fikrlar